00:01 / 14.01.2018
5 116

Neymar 2 yilga qamalishi mumkin

Neymar 2 yilga qamalishi mumkin
«PSJ» hujumchisi Neymar firibgarlikda ayblanmoqda.

Gap shundaki, braziliyalik futbolchi 2013 yilda "Santos"dan "Barselona"ga transfer qilinish paytida uning narxi pasaytirib ko‘rsatilgan. Natijada Neymarning transfer huquqiga egalik qilgan DIS investitsiya jamg‘armasi o‘zining ulushini to‘liq olmagan. O‘sha paytda Neymarning transferi 57,1 million yevro sifatida qayd etilgan. Amalda esa ushbu narx undan 30 million yevroga ko‘proq bo‘lgan.

Mazkur qoidabuzarlik Braziliyada yuzaga kelgani uchun Ispaniya sudi ushbu ishni Barselonaga sudiga yubordi. Endi Neymar, uning otasi va "Barselona" prezidenti sud oldida javob beradi. Futbolchining aybi isbotlansa, Neymar 2 yilga qamalishi va 10 million yevro miqdorida jarima to‘lashi mumkin.

Manba: Stadion.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Neymar 2 yilga qamalishi mumkin