23:40 / 12.02.2018
4 619

Branko Ivankovich: Biz ertaga O‘zbekistonning eng kuchli jamoalardan biri bilan o‘ynaymiz

Branko Ivankovich: Biz ertaga O‘zbekistonning eng kuchli jamoalardan biri bilan o‘ynaymiz
“Persepolis” – “Nasaf” uchrashuvi oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanining navbatdagi qismida mezbon jamoa ustozi Branko Ivankovich va jamoa o‘yinchisi Ali Alipurlar ishtirok etishdi.

Branko Ivankovich:
- Mana nihoyat Osiyo chempionlar ligasi bahslariga ham yetib keldik. Bu yilgi OChL bahslari odatdagidan ertaroq boshlanmoqda. Bu musobaqani boshlanishi bilan barchalaringizni tabriklayman. Umid qilamizki, futbol ishqibozlari bizni ertaga “Ozodiy”da yaqindan qo‘llab-quvvatlashadi va jamoamizning 12-o‘yinchisi sifatida bizga yordam berishadi. O‘zingiz bilasiz, birinchi o‘yin doimo qiyin bo‘ladi. Ko‘p narsa shu birinchi o‘yinga ko‘proq bog‘lik, dastlabki o‘yinda g‘alabaga erishish, keyingi o‘yinlarni ancha osonlashtiradi. Takror aytaman, birinchi o‘yin hamisha og‘ir bo‘ladi. O‘yinda har qanday natija bo‘lishi mumkin. Biz ertaga kuchli raqiblarimizdan biri bilan o‘ynaymiz. Futbolchilarimiz o‘yinda diqqatlarini yo‘qotmasligi talab etiladi. Biz “Nasaf”ning o‘yinlarini ko‘rib, tahlil qildik. Jamoa juda yaxshi shakllangan. Keyingi o‘tkazgan besh o‘yinining to‘rttasida g‘alaba qozongan.

Ayniqsa, keyingi bo‘lib o‘tgan “Paxtakor” va “Al-Faysali” bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinidan, bu jamoa nimalarga qodirligi bizga ayon bo‘ldi. “Nasaf”, O‘zbekistonning eng kuchli to‘rtta klubidan biri sanaladi. Jamoa safida ko‘plab mamlakat terma jamoasida o‘ynaydigan futbolchilar bor. Bundan tashqari legioner futbolchilari ham juda mahoratli sanaladi. Masalan, hamyurtim Dragan Cheran juda kuchli hujumchi, shuningdek Slavko Lukich ham Serbiyaning eng kuchli klubida to‘p tepgan o‘yinchidir. Bu futbolchilar biz uchun juda xavfli hisoblanishadi. Bir so‘z bilan aytganda, biz ertaga kuchli raqibga qarshi maydonga tushamiz.

“Persepolis” futbolchilari ertaga bo‘ladigan o‘yinga tayyor, hamma sog‘ salomat. Ertaga o‘yin payti yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, biz bunday ob-havoga ham tayyormiz.

Ali Alipur: - Biz o‘yinga yaxshi tayyorlandik, ertaga g‘alaba uchun o‘ynaymiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Branko Ivankovich: Biz ertaga O‘zbekistonning eng kuchli jamoalardan biri bilan o‘ynaymiz