21:37 / 16.02.2018
4 146

“Bunyodkor” bugun “Al-Sharja” ustidan g‘alaba qozondi

“Bunyodkor” bugun “Al-Sharja” ustidan g‘alaba qozondi
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi BAAda o‘tkazayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida bugun uchinchi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

“Bunyodkor”ning raqibi Otabek Shukurov to‘p tepayotgan “Al-Sharja” klubi bo‘ldi.

Sharja shahridagi “Xolid bin Muhammad” stadionida kechgan o‘yinning birinchi bo‘limida Dostonbek Hamdamov penaltidan hisobni ochgandi, 29-daqiqada Murodjon Toshmatov jamoadoshlarining ikkinchi golini kiritdi. Ikkinchi bo‘limda esa Shoxruh Gadoyev uchinchi golga mualliflik qildi. Uchrashuv tugashiga olti daqiqa qolganida mezbonlar penalti hisobiga oradagi farqni bitta to‘pga kamaytirishdi.

Nazorat uchrashuvi
"ShARJA" - "BUNYoDKOR" – 1:3

Sharja. "Holid bin Muhammad" stadioni
Gollar:
Yusuf Said (84) - Dostonbek Hamdamov (6-pen), Murodjon Toshmatov (29), Shoxruh Gadoyev (76).

"Sharja": Odil Al-Xusayni, Hassan Solih, Lulino, Omar Juma, Abdulloh G‘anim, Otabek Shukurov, Velliton, Muhammad Jabir, Suxail Al-Mansuri, Hamad Ibrohim, Eysa Ahmad

Zaxira: Abdulloh Yusuf, Holid Al-Rizo, Yusuf Bilol, Majid surur, Said Yusuf, Ahmad Al-Rizo, Ali Al-Zanxani, Muhammad Ibrohim, Muhammad Saif, Ibrohim Jamal

"Bunyodkor": Suhrobjon Sultonov, Anvar G‘ofurov, Rustamjon Ashurmatov, Akramjon Komilov, Dilshod Ahmadaliyev, Jovlon Ibrohimov, Mirjamol Qosimov, Murodjon Toshmatov, Sanjar Qodirqulov, Dostonbek Hamdamov, Shahzodbek Nurmatov

Zaxira: Murodjon Zuhurov, Islomjon Qobilov, Sardor Sobirxo‘jayev, Davronbek Umirov, Filip Rayevats, Rasul Yo‘ldoshev, Artyom Gabelok, Mirjahon Mirahmadov, Abdulla Abdullayev, Mirg‘iyos Sulaymonov, Xurshid G‘iyosov, Shoxruh Gadoyev.

Eslatib o‘tamiz, Mirjalol Qosimov boshchiligidagi “qaldirg‘ochlar” bungacha Xitoyning ikki klubi – “Chunsin Lifan” (0:0) va “Shandun Lunen” (4:0) jamoalari bilan kuch sinashib, bir durang va bir g‘alaba qayd etishdi.

“Bunyodkor” navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini 19 fevralda o‘tkazadi. Raqibning kimligi hozircha ma’lum emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Bunyodkor” bugun “Al-Sharja” ustidan g‘alaba qozondi