07:30 / 15.04.2018
4 932

«UZREPORT TV» JCh-2018 translyatsiyasi huquqini qo‘lga kiritdi

«UZREPORT TV» JCh-2018 translyatsiyasi huquqini qo‘lga kiritdi
Foto: «uzreport.news»
Rossiyaning 12 ta yirik stadionlarida dunyoning saralangan 32 ta terma jamoasi murosasiz bahs olib boradi va mazkur uchrashuvlar «UZREPORT TV» va «FUTBOL TV» telekanallari orqali jonli efirda namoyish etiladigan bo‘ldi.

«UZREPORT» axborot agentligi (UZREPORT TV, FUTBOL TV) 2018 yilgi Jahon chempionatini O‘zbekiston hududida eksklyuziv translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil FIFA tomonidan tashkil kilinadigan eng muhim musobaqa joriy yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

O‘yinlardan tashqari telekanallar orqali o‘ziga xos Jahon chempionati kundaligi – «Highlights»lar ham efirga uzatib boriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «UZREPORT TV» JCh-2018 translyatsiyasi huquqini qo‘lga kiritdi