09:28 / 29.07.2018
3 326

Arveladze: "Gollandiya, Belgiya yoki Angliyada ham xorijdan hakam taklif etishganini ko‘rmaganman"

Арвеладзе: "Голландия, Бельгия ёки Англияда ҳам хориждан ҳакам таклиф этишганини кўрмаганман"
Pepsi Superligasi 19-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Paxtakor" o‘yinidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida "sherlar" ustozi Shota Arveladze uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Muxlislar bilan to‘lgan stadionda o‘ynash hamisha maroqli. Yanada ajoyib futbol muhitiga o‘ta yomon maydon xalal bermoqda. Biz o‘yinda yaxshiroq ko‘rindik, mag‘lubiyatga loyiq emasdik. Vaziyatlarimiz ko‘p bo‘ldi. Gol o‘tkazib yuborgach, o‘n daqiqacha o‘zimizni yo‘qotib qo‘ydik. Oxirgi daqiqalarda yana imkoniyatlarni qo‘ldan chiqardik.

Gollandiya, Angliya yoki Belgiyada xorijdan hakam taklif etishganini ko‘rmaganman. Bu yerda chet eldan hakam taklif etishga sabab bo‘ladigan nimalar ro‘y berganini bilmayman. Buni yaxshilash yoki yomonlash niyatida emasman.

Jamoalar turlicha holatda edi. Uyingda muxlislar qarshisi va senga tanish muhitda harakat qilish osonroq.

Stadionda sharoit ajoyib, ammo maydon holati uning yaxshi bo‘lishiga xalal bermoqda. O‘zbekistonning bo‘lajak yulduzlari bu yerda jarohat olishlari mumkin. Turg‘unboyev nega jarohat olganini bilmaymiz, balki maydon sabab bo‘lgandir. Shunchaki barchasini yaxshi holatga olib chiqish kerak", - deb aytib o‘tdi gruziyalik mutaxassis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Arveladze: "Gollandiya, Belgiya yoki Angliyada ham xorijdan hakam taklif etishganini ko‘rmaganman"