4 095
Fazliddin Gʻoibnazarov: “Tajribali chapaqay bokschilar bilan sparring janglar oʻtkazdim”
Xabar berib oʻtganimizdek, Olimpiya oʻyinlari chempioni, bugungi kunda prof ringda faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz Fazliddin Gʻoibnazarov 20 oktyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazadi. Oʻsha kuni unga mezbon bokschi Uilbert Lopes raqiblik qiladi.
Milliy olimpiya qoʻmitasi Matbuot va Media departamenti bokschimiz bilan bogʻlanib, ushbu jangga tayyorgarlik qanday ketayotgani bilan qiziqdi.
- Navbatdagi raqibim professional ringda yaxshigina tajribaga ega. Chapaqay. Men har bir raqibga qarshi alohida tayyorgarlik olib boraman. Toʻqnash keladigan raqibimni oʻrganmay ringga chiqmayman. Tayyorgarlikni uning chapaqayligini hisobga olgan holda olib boryapmiz. Mashgʻulot zallarini ham shunga qarab oʻzgartirib turibmiz. Tajribali chapaqay bokschilar bilan sparring janglar oʻtkazdim. Bir soʻz bilan aytganda, tayyorgarlik raqibni toʻliq oʻrganishga qaratilgan. Oʻylaymanki, bu menga asqotadi. 20 oktyabr kuni tomoshabop jang oʻtkazib, gʻalabaga erishmoqchiman, – dedi bokschimiz.
Maʼlumot uchun, Fazliddin shu kungacha professional boksda beshta jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan. Ikkita gʻalabani muddatidan oldin qoʻlga kiritgan. Tajribali Lopes esa 34ta jang oʻtkazib, ularning 23tasida gʻalabaga erishgan. (15tasida nokaut evaziga). Toʻqqiz marotaba magʻlubiyatga uchragan (1 marotaba nokaut boʻlgan). “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi