11:30 / 29.11.2018
4 295

“Oltin toʻp”ni kim olishi maʼlum boʻldi. Daʼvogarlar orasida Ronaldu ham bor

“Oltin toʻp”ni kim olishi maʼlum boʻldi. Daʼvogarlar orasida Ronaldu ham bor
Onda Cero radionstansiyasining tarqatgan xabariga koʻra, 2018 yilgi “Oltin toʻp” mukofotini “Real” klubining xorvatiyalik yarim himoyachisi Luka Modrich oladi.

Taqdirlash marosimi 3 dekabr kuni boʻlib oʻtadi va unda Modrich Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning 10 yil davomida ushbu mukofotga qilgan gegemonligiga barham beradi.

Bundan tashqari mukofotga daʼvogarlar kuchli uchligidan Krishtianu Ronaldu va Antuan Grizmann oʻrin oladi.

Eslatib oʻtamiz, Modrich bu yil “Real” bilan YECHLda zafar quchli va Xorvatiya terma jamoasi bilan JCH-2018 finaliga qadar yetib bordi hamda turnirning eng yaxshi oʻyinchisi nomini qoʻlga kiritdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Oltin toʻp”ni kim olishi maʼlum boʻldi. Daʼvogarlar orasida Ronaldu ham bor