11:30 / 04.12.2018
4 073

Sobiq jahon chempioni “Oltin to‘p”ni “futbolni mazax qilish” deb atadi

Sobiq jahon chempioni “Oltin to‘p”ni “futbolni mazax qilish” deb atadi
Madridning “Real” klubi va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich 2018 yil yakunlariga ko‘ra dunyoning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan “Oltin to‘p” mukofoti bilan taqdirlandi. U bu borada ushbu mukofotning 5 karra sovrindori Krishtianu Ronaldu va Antuan Grizmanni dog‘da qoldirdi.

1998 yilda Fransiya terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan Frank Lebef “Oltin to‘p” 2018 yilgi jahon chempioni Fransiya terma jamoasi bo‘lganiga qaramay, uning hamyurti Grizmannga berilmaganini tanqid qildi.

“Bu sharmandalik. O‘z ovozini beruvchi jurnalistlar qanday mezonlarni hisobga olishadi, bilmadim. Agar bosh mezon unvonlar bo‘lganda, unda “Oltin to‘p”ni jahon chempionati va Chempionlar ligasini yutgan Varangagina berish kerak edi. Har bir futbolchining individual o‘yiniga baho berish bema’nodir, chunki misol uchun, darvozabon va hujumchini taqqoslab bo‘lmaydi. Ko‘rinishicha, eng yaxshi o‘yinchi emas, balki ko‘proq taassurot qoldirgan o‘yinchi tanlanadi. Bunday ko‘rinishda “Oltin to‘p”ni futbolning mazax qilinishi, hattoki haqorat qilinishi, deb hisoblayman. Undan yaxshisi voz kechish kerak, jamoaviy sport turida bunday individual mukofot kerak emas”, deb aytgan 50 yoshli sobiq futbolchi RMC Sport’ga bergan intervyusida.

Modrich jurnalistlarning ovoz berishi natijalariga ko‘ra 753 ochko, Ronaldu 476 ochko, Grizmann 414 ochko olgan. Lebef eslab o‘tgan Rafael Varan esa 121 ochko bilan 7-o‘rinni egallagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sobiq jahon chempioni “Oltin to‘p”ni “futbolni mazax qilish” deb atadi