Birinchi og‘ir (-90,7 kg) vazn toifasida mutlaq jahon chempioni sanalgan ukrainalik Aleksandr Usik ESPN talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi bokschisi deb topildi.
ESPN talqiniga ko‘ra, eng yaxshi bo‘lish uchun nomzodlar orasida boshqa bir ukrainalik bokschi Vasiliy Lomachenko, meksikalik Mayki Garsiya, britaniyalik Entoni Joshua va amerikalik Moris Huker nomzodlari ko‘rsatib o‘tilgandi. Usik ularning barchasini ortda qoldirib birinchi o‘rinni egalladi.
2018 yil ukrainalik bokschi uchun faoliyatidagi eng omadlisi bo‘ldi. Yanvarda u WBSS turniri yarim finalida latviyalik Mayris Briyedisni yengib, ikki yo‘nalishda jahon chempioniga aylangan bo‘lsa, iyulda bo‘lib o‘tgan finalda rossiyalik Murat Gassiyevni mag‘lubiyatga uchratib, o‘z vazn toifasidagi mutlaq chempionlik — to‘rtta kamar sohibi bo‘ldi. Shu bilan birga u Muhammad Ali nomidagi mukofotni yutgan ilk bokschiga aylandi.
Noyabrda esa Usik sobiq jahon chempioni Toni Bellyuni nokautga uchratib, kamarlarini munosib himoya qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi