20:43 / 22.12.2018
2 679

Chempionlar Ligasi guruh bosqichining kashfiyotlar terma jamoasi e’lon qilindi

Chempionlar Ligasi guruh bosqichining kashfiyotlar terma jamoasi e’lon qilindi
UYeFA rasmiy saytida Chempionlar Ligasi guruh bosqichida o‘zini namoyon qila olgan va haqiqiy kashfiyot bo‘lgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani e’lon qildi.

Unga quyidagi futbolchilar kirdi.

Darvozabon: Odisseas Vlaxodimos («Benfika»).

Himoyachilar: Endryu Robertson («Liverpul»), Milan Shkrinyar («Inter»), Mateys de Ligt («Ayaks»).

Yarimhimoyachilar: Frenki de Yong («Ayaks»), Ussem Aua («Lion»), Artur («Barselona»), Nikola Vlashich (SSKA), Jengiz Under («Roma»), Jeydon Sancho («Borussiya» D).

Hujumchi: Irving Losano (PSV).

Terma jamoani tuzishda UYeFA sayti jurnalistlari ishtirok etishdi. Unda 24 yoshdan kichik bo‘lgan va 2018 yilda Chempionlar Ligasida debyut qilgan futbolchilar inobatga olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Chempionlar Ligasi guruh bosqichining kashfiyotlar terma jamoasi e’lon qilindi