23:10 / 05.01.2019
3 546

BAA Osiyo kubogi ochilish o‘yinida Bahrayn bilan durang o‘ynadi

BAA Osiyo kubogi ochilish o‘yinida Bahrayn bilan durang o‘ynadi
Osiyo Kubogi-2019 musobaqasining 1-turidan o‘rin olgan BAA va Bahrayn terma jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga yetdi. Unda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi.

O‘yin dastlabki daqiqalarida mezbonlar kutilganidek faol yurishlarni amalga oshirishdi, biroq ulardan naf chiqmadi. Tanaffusgacha bahraynliklarda ham sanoqli imkoniyatlar bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘lim ham birinchisidek o‘rtacha tempda boshlandi. 78-daqiqada mehmonlar kam sonli hujumlaridan birini gol aylantirishdi: Muhammad al Romayhi raqib himoyasida yuzaga kelgan palapartishlikdan unumli foydalanib hisobni ochdi.

Shundan so‘ng amirlik futbolchilar raqib jarima maydoni tomonida bosimni oshirishdi. 86-daqiqada hakam Bahrayn darvozasi tomon penalti belgiladi, uni Ahmad Xalil golga aylantirib, muvozanatni tikladi.

Ushbu guruhning ikkinchi o‘yini ertaga bo‘lib o‘tadi. Unda Tayland termasi Hindiston bilan kuch sinashadi.

Osiyo Kubogi, 1-tur
BAA – Bahrayn 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar:
0:1 – 78 Romayhi, 1:1 – 88, penalti Xalil.

BAA: Xolid Eysa, Xalifa G‘anim, Juma al Sa’di, Solih Issa, Bandar Muhammad, Hassan Salmin, Amir Abdulrahmon (Muhammad Abdulrahmon, 54), Xalfan Muborak (Saif Rashid, 54), Hamis Ismoil (Ahmad Halil, 81), Ismoil al Hamadiy, Ali Mabxut.
Bahrayn: Sayid Alaviy, Ali Juma (Muhammad Marhun, 86), Volib al Hayam, Hamid al Shamsan, Sayid Isa, Ali Madan (Sami al Husaini, 90+1), Sayid Dhiya, Komil Alasvod, Ali al So’fi, Muhammad al Romayhi, Jamol Rashid (Abdulla Hilol, 81).
Ogohlantirishlar: A. Abdulrahmon (35), Ismoil (36).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » BAA Osiyo kubogi ochilish o‘yinida Bahrayn bilan durang o‘ynadi