Milliy terma jamoamiz Osiyo Kubogidagi dastlabki o‘yinini o‘tkazdi. Ummonga qarshi uchrashuvni hammamiz ko‘rdik, chindan ham qiyin bo‘ldi. Lekin bu Osiyo Kubogi bo‘lgani uchun aslida ham har bir uchrashuv mana shunday tarzda og‘ir o‘tishi tabiiy. Axir hech kim g‘alabani sizga o‘z qo‘li bilan topshirib qo‘ymaydi.
Asosiy faktor shundaki, biz nima bo‘lsa ham birinchi o‘yinda g‘alaba qozondik, boshqasi muhim emas. To‘g‘ri, o‘yin davomida xato va kamchiliklar kuzatildi. Ammo bu murabbiylar hal qiladigan ish. Biz esa terma jamoamizning ilk uchrashuvidagi muhim g‘alabasidan xursandmiz. Ummonga qarshi uchrashuvdan keyin O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovning o‘yin haqidagi fikrlarini bilishga qiziqdik.
- Avvalambor xalqimizni dastlabki qo‘lga kiritilgan g‘alaba bilan tabriklayman. Eng muhimi biz uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Guruhimizda Yaponiya borligi sababli hamma biz uchun ular bilan o‘yin og‘ir o‘tishini aytishayotgandi. Ammo dastlabki uchrashuv shuni ko‘rsatdiki, aslida Ummon terma jamoasi biz uchun eng xavfli raqib edi.
- Mana shunday qiyin kechgan uchrashuvda futbolchilarimizning matonat ko‘rsatib, g‘alaba uchun oxirigacha kurashishganidan xursandman. Ko‘rayotgan bo‘lsangiz, Osiyo Kubogida bir qator kutilmagan natijalar ham kuzatilyapti. Bu yerga kelgan har bir jamoaning o‘z maqsadi bor. Hech kim shunchaki yutqazib berishni istamaydi. Shu sababli Ummon ham bizga jiddiy qarshilik ko‘rsatishga harakat qildi.
- Xudoga shukrki, Ummon to‘sig‘idan eson-omon o‘tib oldik. Bu g‘alaba esa futbolchilarimizni yanada ruhlantirishi aniq. Ishonamanki, jamoamiz o‘yindan-o‘yinga kuchayib boraveradi. Futbolchilarimiz xalqimizning qo‘llab-quvvatlayotganini his qilib turishibdi. Biz bu yerga nima maqsadda kelganimizni juda yaxshi bilamiz, niyatlarimiz katta. Xudo xohlasa, BAAdan Osiyo Kubogi bilan qaytamiz – dedi Umid Muhammadjonovich.
Shuhratbek Jo‘rayev suhbatlashdi
Manba: Sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi