08:23 / 31.08.2019
2 585

Xurshidbek Normatov AQShlik raqibini mag‘lub etdi

Xurshidbek Normatov AQShlik raqibini mag‘lub etdi
Kecha, ajoyib bokschimiz Xurshidbek Normatov AQShning Konnektikud shtatida bo‘lib o‘tgan professional boks oqshomida ringa ko‘tarildi. Unga mezbon bokschi Valter Rayt raqiblik qildi.

Ushbu qarama-qarshilik reyting jangi maqomida bo‘ldi. Mag‘lubiyat bilmay kelayotgan yurtdoshimiz to‘liq 8 raund davom etgan jangda katta ustunlik bilan g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz: Xurshidbek Normatov professional ringda 9 marotaba jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Uch bor nokaut qayd eta olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xurshidbek Normatov AQShlik raqibini mag‘lub etdi