O‘ngdan ikkinchi - Murodov, o‘rtada - Meyvezer / Foto: Instagram
Yakkakurash jangchisi Mahmud Murodov mutlaq jangchilik chempionatidagi debyut jangidan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatda O‘zbekistonning UFC`dagi ilk vakili bo‘lgani va Floyd Meyvezer bilan munosabatlari kabi mavzularda fikr bildirdi.
«Bu – tarixiy onlar. Men UFC`dagi ilk o‘zbekistonlik bo‘ldim. Ikkita mamlakat – Chexiya Respublikasi va O‘zbekiston nomidan bahslarda qatnashaman», – dedi u.
Murodov kecha Kopenhagenda italiyalik Alessio di Kirikoni mag‘lub etdi. U mashhur amerikalik bokschi Floyd Meyvezerning «The Monkey Team» jamoasi bilan shartnoma tuzgan ilk MMA jangchisi sanaladi.
«Floyd Meyvezer – mening do‘stim, homiyim, oilam a’zosi sanaladi. U menga ko‘p yordam beradi. Uningdek do‘stim borligidan faxrlanaman. Men, oilam va jamoamiz a’zolari uni juda hurmat qilamiz. U – jahondagi eng yaxshi jangchi. U UFC`da shartnoma imzolashimga katta yordam berdi», – deya Meyvezer bilan munosabatlari haqida to‘xtaldi Murodov.
Mahmud, shuningdek, debyut jangida o‘z salohiyatini to‘la ko‘rsata olmagani, buning uchun 2-3 oy vaqt kerakligini, UFC shartnomasini imzolaganiga esa ikki haftagina bo‘lganini ham aytib o‘tdi.
«O‘zbekistonda, unga qo‘shni davlatlarda, Rossiyada muxlislarim ko‘p. O‘zbekistonga borganimda meni aeroportda taxminan 500 kishi kutib oladi. Oyim ko‘rib turibdi, muxlislarim kuzatishyapti – o‘z ustimda ishlashim kerak», – dedi u.
Eslatib o‘tamiz, Mahmud Murodov avval Yevropaning Oktagon va XFN ligalarida ishtirok etgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi