20:56 / 15.10.2019
3 643

Saudiya Arabistoni Falastinni yenga olmadi, guruhda birinchimiz

Saudiya Arabistoni Falastinni yenga olmadi, guruhda birinchimiz
Bundan biroz oldin JCh-2022 saralash bosqichidan o‘rin olgan Falastin hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.

"D" guruhi 4-tur doirasida bo‘lib o‘tgan mazkur qarama-qarshilikda tomonlar raqib darvozasini ishg‘ol qila olishmadi - 0:0. Qayd etish joiz, mazkur guruhdan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham o‘rin egallagan bo‘lib, vakillarimiz bugun Singapur ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng turnir jadvalida 6 ochko bilan peshqadamga aylanib olishdi.

5 ochkosi bor saudiyaliklar ikkinchi, 4 ochkosi bor Singapur va Falastin termalari esa mos ravishda uch va to‘rtinchi pog‘onalarni egallab turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Saudiya Arabistoni Falastinni yenga olmadi, guruhda birinchimiz