Shahram G‘iyosov: Havaskor boksdagi faoliyatimni armonsiz yakunlamoqchiman

  • 11 dekabr 2019, 22:07
  • 1 061
  • Sport
  • Shahram G‘iyosov: Havaskor boksdagi faoliyatimni armonsiz yakunlamoqchiman
    Shahram G‘iyosovning Tokio Olimpiadasida ishtirok etishi borasida juda ko‘p shov-shuvlar ko‘paymoqda. Shuning uchun, bu borada o‘zi bilan aloqaga chiqib, bu qanchalik haqiqat ekanligiga oydinlik kiritdik.

    - Ha, bu gaplarda "jon" bor. Yaqinda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ham ishtirok etdim. O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Po‘latovning o‘zi chaqirib, ushbu Olimpiadada ishtirok etib, kumush medalni oltinga aylantirish vaqti kelganligini aytdi. Menga bo‘lgan shunday yuksak ishonch uchun o‘z o‘rnida minnatdorchilik bildiraman.

    Albatta, hali vaqt bor, o‘shanga qadar ham menga ishonch bildirilsa, shubhasiz tayyorman. Agar, professional boksdagi faoliyatimni davom ettiraverishimni bildirsalar, bundan ham xafa bo‘lmayman. Biroq, havaskorga qaytib, vatanimiz uchun oltin medalni olib kelmoqchiman va armonsiz ushbu yo‘nalishdagi faoliyatimni yakunlash istagidaman.

    » » Shahram G‘iyosov: Havaskor boksdagi faoliyatimni armonsiz yakunlamoqchiman