date

O‘zbekistonda valyuta operatsiyalari tartibi yanada takomillashtiriladi

O‘zbekistonda valyuta operatsiyalari tartibi yanada takomillashtiriladi

O‘zbekistonda moliyaviy operatsiyalarning shaffofligi va samaradorligini oshirish maqsadida valyuta faoliyati qoidalarini takomillashtirishga qaratilgan yangi o‘zgartish va qo‘shimchalar loyihasi tayyorlandi. Hujjatda valyuta ayirboshlash, pul o‘tkazmalari hamda banklar faoliyatini yanada aniq va zamonaviy qoidalar asosida tartibga solish nazarda tutilgan.

Loyiha doirasida qator bandlardagi “tijorat banklari” atamasi “banklar” so‘zi bilan almashtirilishi, shuningdek, jismoniy shaxslar orasidagi nosavdo pul o‘tkazmalariga aniqlik kiritilishi taklif qilinmoqda. Yangi tartib banklar va Markaziy bank o‘rtasida, shuningdek, mijozlar bilan valyutaviy svop va derivativ operatsiyalarini xalqaro standartlarga muvofiq amalga oshirish imkonini beradi.

Shu bilan birga, banklarning valyuta operatsiyalari bo‘yicha ma’lumotlari Markaziy bankning maxsus axborot tizimiga kiritilishi rejalashtirilmoqda. Chet ellik investorlar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun ham qator yengilliklar nazarda tutilgan: qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlarni to‘lash va mablag‘larni repatriatsiya qilish uchun chet el valyutasini sotib olish tartibi aniqlashtirilmoqda.

Loyihada norezident jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarida mablag‘larning qonuniy manbalari tasdiqlanishi talab qilinadi. Shuningdek, naqd chet el valyutasi bilan operatsiyalar, banknotalarni qabul qilish va qayta muomalaga chiqarish talablari qayta ko‘rib chiqildi.

Mazkur o‘zgartishlar valyuta operatsiyalarini yanada shaffof, samarali va zamonaviy tartibda tashkil etishga, shu bilan birga moliyaviy bozor infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Umid qilinadiki, yangi qoidalar iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun qulaylik yaratadi va valyuta sohasida ishonch muhitini mustahkamlaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda valyuta operatsiyalari tartibi yanada takomillashtiriladi