13:12 / 20.12.2019
2 829

Eldor Shomurodov «Osiyoning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi» nomiga da’vogarlik qilmoqda

Eldor Shomurodov «Osiyoning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi» nomiga da’vogarlik qilmoqda
O‘zbekiston milliy jamoasi hamda «Rostov» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov qit’aning nufuzli sport saytlaridan biri sanalmish «FOX Sports Asia» tomonidan «Osiyoning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi» nominatsiyasida 24 nafar nomzodlardan biri sifatida kiritildi.

Manbada yozilishicha, «Eldor Shomurodov klubi safidagi o‘yinlari bilan Rossiyada Markaziy Osiyo bayrog‘ini baland ko‘tarib, o‘zidan juda yaxshi taassurot qoldirdi».

Nominatsiyadan faqatgina osiyolik futbolchilar emas, qit’amizda to‘p surayotgan xorijlik legionerlar ham o‘rin olgan. Jumladan, 20 nafar osiyolik futbolchi bilan birga Osiyo klublaridagi 4 nafar boshqa qit’a vakili – Befetimbi Gomis (Fransiya), Sebastian Jovinko (Italiya), Paulno (Braziliya), Bog‘dod Bunedjo (Jazoir) joy olgan. Nominatsiya g‘olibi sayt tomonidan yil yakunida e’lon qilinadi.

«Osiyoning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi». 24 kishilik shortlist:

Ma’lumot uchun, 2013 yildan buyon «Titan Sports» va «FOX Sports Asia» tomonidan aniqlanib kelinayotgan ushbu nominatsiyaning amaldagi g‘olibi janubiy koreyalik Son Xyon Min sanaladi. «Tottenhem» futbolchisi 2018 yilda 206 ovoz to‘plab (29.3%), yaponiyalik Makoto Hasebe (Aytraxt F, 9.1%) va Alirizo Beiranvandni (Persipolis, 7.1%) ortda qoldirib, qit’aning tengsiz futbolchisiga aylangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov «Osiyoning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi» nomiga da’vogarlik qilmoqda