Vashington markazida "oltin" hojatxonaga ega taxt o'rnatildi (video)

AQSH poytaxti Vashingtonda joylashgan Milliy xiyobon hududida AQSH prezidenti Donald Trampga nisbatan hajviy installyatsiya o‘rnatildi.
“Qirolga munosib taxt” deb nomlangan mazkur obyekt — oltin rangdagi hojatxona bo‘lib, u Trampning Oq uyni hashamatli tarzda ta’mirlashga bo‘lgan intilishini tanqid qilish maqsadida namoyish etilgan.
Tashabbuskorlar ushbu ramziy installyatsiya orqali prezidentning siyosatini, xususan, davlat mablag‘larini sarflash borasidagi qarorlarini keskin tanqid qilmoqchi bo‘lgan. Ular fikricha, bunday xarajatlar jamoatchilik manfaatlariga to‘liq mos kelmaydi.
Mazkur hajviy “san’at asari” qisqa vaqt ichida mahalliy aholi va sayyohlar e’tiborini tortdi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa turli fikr va bahslar yuzaga kelmoqda.
Kuzatuvchilar ta’kidlashicha, bunday ijodiy norozilik shakllari AQSHda so‘z erkinligi va jamoatchilik fikrining yorqin ko‘rinishlaridan biri sifatida baholanadi.