date

Janubiy Amerikada shov-shuv: «Venesuela beysbol bilan shug‘ullansin!»

Janubiy Amerikada shov-shuv: «Venesuela beysbol bilan shug‘ullansin!»

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Venesuela ustidan qozonilgan g‘alabasi lotin amerikalik ekspertlar va ijtimoiy tarmoq faollarining keskin tanqidiga sabab bo‘ldi.

Toshkentda kechgan shiddatli bahsda vakillarimiz penaltilar seriyasida (5:4) zafar quchishga muvaffaq bo‘lishdi. Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng Janubiy Amerika ommaviy axborot vositalari va sport bloglari o‘z terma jamoalarini «yer bilan bitta» qilishmoqda.

«Miss Olam» va beysbol — ularning darajasi shu!

Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlardagi «San Marino Fútbol» sahifasi vaziyatga hazil va piching aralash yondashib, Venesuela terma jamoasining mag‘lubiyatini “rasvogarchilik” deb atadi.

«Janubiy Amerika giganti yiqildi! Venesuela so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvida qudratli O‘zbekistonga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi. Avvalgi o‘yinda gollar shousini namoyish etgan jamoa, bugun yana sharmandali o‘yin ko‘rsatdi. Ularga futbolni yig‘ishtirib, beysbol yoki «Miss Olam» go‘zallik tanlovlari bilan shug‘ullanishni maslahat beramiz. Ular faqat shu sohalarda nimagadir qodir», — deb yozadi nashr.

Kolumbiya nashrlari ham hayratda

Nafaqat Venesuela, balki qo‘shni Kolumbiya nashrlari ham O‘zbekiston terma jamoasining ko‘rsatgan mazmunli o‘yiniga yuqori baho bermoqda. Ekspertlarning fikricha, Fabio Kannavaro shogirdlari taktik jihatdan ancha pishiq va tezkor o‘yin namoyish etishmoqda. Bu esa lotin amerikaliklar uchun kutilmagan “sovg‘a” bo‘ldi.

Tim Spirsning taassurotlari

Eslatib o‘tamiz, amerikalik mashhur jurnalist Tim Spirs ham Toshkentdagi muhitdan hayratda qolgan edi. U Gabonga qarshi o‘yindan so‘ng o‘zbek muxlislarining naqadar shovqinli va fidoyi ekanini alohida eʼtirof etgandi. Venesuela ustidan qozonilgan bu g‘alaba esa milliy terma jamoamizning Jahon chempionati sari tashlagan navbatdagi muhim qadami sifatida baholanmoqda.

«Ajoyib, katta rahmat!

Men kecha oqshom Gabonga qarshi kechgan o‘yinda bo‘ldim, bu aql bovar qilmaydigan taassurot bo‘ldi. Men fan-klub bilan uchrashdim, juda shovqinli muxlislar ekan!

Yana bir bor rahmat, men Zamin‘ning ashaddiy muxlisiman va sizning fikrlaringiz maqolam uchun juda foydali bo‘ladi.

Salom bilan, Tim»

Aziz muxlislar, sizningcha, Venesueladek kuchli raqibni mag‘lub etishimiz tasodifmi yoki o‘zbek futboli yangi bosqichga chiqdimi? Terma jamoamizning o‘yini haqida fikringiz qanday?

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Janubiy Amerikada shov-shuv: «Venesuela beysbol bilan shug‘ullansin!»