date

Isroil falastinlik mahbuslar uchun o‘lim jazosini ma’qulladi

Isroil falastinlik mahbuslar uchun o‘lim jazosini ma’qulladi

Isroil parlamenti — Knesset falastinlik mahbuslarga nisbatan o‘lim jazosini joriy etishga oid qonun loyihasini qabul qildi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu hujjatga muvofiq, jazo turi sifatida osib o‘ldirish usuli nazarda tutilgan. Qonun loyihasi hal qiluvchi uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, 120 o‘rinli parlamentning 62 nafar a’zosi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. 48 nafar deputat esa unga qarshi ovoz bergan.

Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir ushbu qarorni ochiq qo‘llab-quvvatlab, uni muhim qadam sifatida baholagan. Bosh vazir Binyamin Netanyaxu ham qonunni yoqlab ovoz bergani aytilmoqda.

Davlat telekanali — Kan ma’lumotiga ko‘ra, qonunda jazoni amalga oshirish tartibi aniq belgilab berilgan.

Biroq muxolifat va ayrim siyosiy doiralar ushbu qarorni keskin tanqid qildi. Ularning fikricha, mazkur qonun axloqiy me’yorlarga, demokratik qadriyatlarga hamda xalqaro huquq tamoyillariga zid hisoblanadi. Shuningdek, muxolifat vakillari bu qaror yuzasidan Isroil Oliy sudiga shikoyat kiritish niyatida ekanini bildirgan.

Kuzatuvchilar ta’kidlashicha, mazkur qonunning qabul qilinishi mintaqadagi siyosiy vaziyatni yanada murakkablashtirishi va xalqaro maydonda keng muhokamalarga sabab bo‘lishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Isroil falastinlik mahbuslar uchun o‘lim jazosini ma’qulladi