AQSh va Janubiy Koreyada bir nechta yangi partiyadagi, almashtirib berilgan Galaxy Note 7 smartfonlari yana yoni ketganligi tufayli Samsung mazkur smartfonni ishlab chiqarishni vaqtinchalik to‘xtatib turadi. Bu haqda "Terabayt.uz" xabar berdi.
Samsung AQSh, Xitoy va Janubiy Koreya rasmiy tashkilotlari bilan muammoni aniqlash va hal etish maqsadida ushbu modeldagi smartfonni tayyorlashni vaqtinchalik muzlatgan. Hozircha almashtirilgan Galaxy Note 7 smartfonlarining yonib ketishi yuzasidan ishlab chiqaruvchi hech qanday izoh bermagan.
Eslatib o‘tamiz, Samsung Galaxy Note 7 smartfonlaridagi batareyada nosozlik aniqlangach va bir necha o‘nlab yonib ketish holatlari qayd etilgach, kompaniya ularni qaytarib olishni boshlagan. Biroq hatto almashtirilgan Galaxy Note 7 smartfonlarida ham qizib ketish va batareyaning bir maromda ishlamasligi kabi kamchiliklar mavjud bo‘lgani haqida avvalroq xabar bergan edik. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi