08:42 / 05.03.2017
7 265

Nokia yoz oyining oxirida yaqin kelajak telefonini namoyish etadi

Nokia yoz oyining oxirida yaqin kelajak telefonini namoyish etadi

Joriy yilda Nokia kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan Nokia Aeon ​ turkumidagi mobil telefonlar, odamlarning telefonlar haqidagi tasavvurini butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin, deb yozmoqda Sof.uz sayti.

Yangi telefon uchun nom ham topilgan — 2030; apparat yaqin kelajak telefoni deyilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, narxi 26 dollar, avgust oyidagi yangi iPhone​ prezentasiyasiga yaqin kunlar qolganda ommaga taqdim qilinadi.

Nokianing yangi modellari hozirdanoq ko‘pchilikning unutilgan markaga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otgan.

Nokia 2030 mobil telefon konsepti dizayner Jim Chan (Jim Chan) tomonidan, asosan yoshlarbop qilib ishlab chiqilgan. Korpusi tirnalmaydigan materialdan tayyorlanadi. Rangli ekran va yonib turadigan sensorli klaviaturasi mavjud. Apparatning asosiy vazifasi — qisqa xabarlarni (SMS) tez yozishga mo‘jallangan.

O‘lchami: 121 x 51 x 6.3 mm, rangli plyokalar yordamida telefon rangini o‘zgartirish imkoniyati bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Nokia yoz oyining oxirida yaqin kelajak telefonini namoyish etadi