Niderlandiyaning Philips kompaniyasi Xiaomi bilan hamkorlikda aqlli lampalar yaratishga kelishib oldi. Yangi aqlli lampalar Xiaomi taqdim qiladigan “aqlli uy” texnologiyasining bir qismi sifatida tizimga qo‘shilishi ma’lum qilingan.
Philips kompaniyasining rasmiy saytida yozilishicha, yangi lampalarni smartfondagi maxsus ilova orqali boshqarish mumkin bo‘ladi. Lampalar xitoylik gigantning savdo tarmoqlari orqali sotiladi.
Garchi ikki yirik firma bu boradagi hamkorlik to‘g‘risida endi e’lon qilgan bo‘lsa-da, biroq ular shu yilning sentyabr oyida Philips Eyecare nomli LED lampani namoyish etishgandi. Mazkur aqlli lampa istalgan tomonga burilishi, yorqinlikni foydalanuvchining holatiga qarab yo‘naltirishi bilan ko‘pchilikning e’tiborini tortgan. Ushbu lampaga Wi-Fi modul o‘rnatilgan bo‘lib, uni smartfon orqali sozlash mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi