06:00 / 14.03.2019
5 442

Samsung buklanuvchan smartfon-braslet tayyorlamoqda (foto)

Samsung buklanuvchan smartfon-braslet tayyorlamoqda (foto)
Foto: “Hi-tech.mail.ru”
Samsung yaqin kunlarda turli shakldagi bir necha buklanuvchan smartfonlar ishlab chiqaradi, deb xabar berdi “Daryo” nashri.

Aftidan, planshetga aylanuvchi gadjetlardan tashqari yana bir ajoyib qurilma yaratiladi.
Yangi patentga koʻra, Samsung braslet yoki aqlli soatga aylanishi mumkin boʻlgan smartfon ustida ishlamoqda.

Qurilma tekis turgan holatda displeyi uzaytirilgan Sony Xperia 1ʻga oʻxshaydi. Datchiklar yetarlicha keng boʻlgan panelning yuqori va pastki qismida joylashtiriladi. Smartfon ochiq holatda tekis turishi uchun orqa panelda joylashgan maxsus qulfdan foydalaniladi. U koʻrsatkich barmoq bilan yopiladi.

Smartfon orqa va old tomondan ikkita kamera bilan jihozlangan. LetsGoDigital jurnali tomonidan maʼlum qilingan patentga koʻra, smartfon buklanuvchanligini taʼminlovchi oshiq-moshiqlar koʻpgina elastik segmentlardan tashkil topgan boʻlib, ular qurilmaning chidamliligi va foydalanishda qulay boʻlishini taʼminlaydi.

Foto: “Hi-tech.mail.ru”

Foto: “Hi-tech.mail.ru”

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung buklanuvchan smartfon-braslet tayyorlamoqda (foto)