Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 29 dekabrdagi qarori bilan poytaxtdagi yangi ko‘chalarga nomlar berildi va bir qator mavjud ko‘chalar qayta nomlandi, deb yozadi «Daryo».
Shayxontohur tumanida yangi uchastkaga ega Nurafshon ko‘chasi endi Nurafshon aylanma ko‘chasi bo‘ldi, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi va Parkent ko‘chasi oralig‘ida yaqinda ochilgan ko‘cha esa Taraqqiyot ko‘chasining davomi bo‘ldi.
Uchtepa va Shayxontohur tumanlaridagi Mannon Uyg‘ur ko‘chasi Ko‘kcha Darvoza deya qayta nomlandi, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasining o‘zi esa Qoratosh ko‘chasining bir qismi bo‘lish o‘rniga, Ko‘kcha Darvoza tor ko‘chasiga aylandi.
Yakkasaroy tumanidagi Muqimiy va Bobur ko‘chalarini ko‘prik yo‘l orqali birlashtirgan yangi ko‘cha Muqimiy ko‘chasining davomi bo‘ldi.
Olmazor tumanidagi Taraqqiyot ko‘chasi Dilsaroy ko‘chasi sifatida qayta nomlandi, bunga boshqa tumanda shu nomli ko‘cha borligi sabab bo‘ldi.
Yunusobod tumanida sobiq radiostansiya hududidagi eski ko‘chaga Qanoat deb nom berildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi