Change.org saytida e’lon qilingan petisiyani imzolaganlar, Saylovchilar kollegiyasini rasman sobiq davlat kotibi Hillari Klintonga ovoz berishga undamoqda. AQSh saylov qonunchiligiga ko‘ra, Kollegiya 19 dekabrda mamlakat prezidentini saylashi kerak.
Murojaatda aytilishicha, Hillari Klinton prezidentlik saylovlarida AQSh fuqarolarining aksariyat ovozini to‘plagan, ammo yagona sabab, ya’ni Saylovchilar kollegiyasida etarli tarafdorga ega bo‘la olmagani sabab mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘lgan. Respublikachi nomzod Donald Tramp davlat rahbari lavozimini egallagan. Petisiya mualliflarining qayd etishicha, Oq uy ixtiyorini Klintondan boshqa Tramp kabi nomzodga berish mumkin emas.
«Shunday ekan, nima uchun, demokratiya tantanasi yo‘lida bizning eng nodemokratik institutimiz imkoniyatidan foydalanmasligimiz kerak? Janob Tramp prezidentlikka munosib emas. Uning impulsivligi, yolg‘onchiligi, insonlarni tahqirlashi, jinsiy zo‘ravonligi hamda tajribasining yo‘qligi Trampni Respublika uchun xavfli shaxsga aylantiradi. Klinton xalqning aksar ovozini to‘pladi va prezident bo‘lishi kerak», — deyiladi petisiya mualliflarining bayonotida.
Uni xabar yozilayotgan vaqtda 2,06 mln kishi imzolagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi