12:26 / 18.05.2018
6 049

Dunyo siyosatchilarining Tramp bilan “qo‘l janglari” (video)

Dunyo siyosatchilarining Tramp bilan “qo‘l janglari” (video)
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining qo‘l siqishi bilan mashhur, u qo‘l berib ko‘rishganida ko‘rishayotgan odamni o‘ziga tortish odatiga ko‘pchilik e’tibor bergan, deb yozadi Sputnik nashri.

Trampning qo‘l berib so‘rashishlari bilan bog‘liq bir nechta kulgili vaziyatlar ham sodir bo‘lgan.

O‘tgan yili Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Donald Tramp bilan “qo‘l jangi”da g‘olib bo‘lgandi.

Saudiya Arabistoni poytaxtida bo‘lib o‘tgan musulmon davlatlari va AQSh sammitida Rahmon Trampni ishonch bilan o‘ziga tortgan va uning “qopqoni”ga tushmagandi.

Kuni kecha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashingtonga rasmiy tashrif bilan keldi. Oq uyda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Amerika yetakchisi O‘zbekiston prezidentini Oq uy ostonasida kutib oldi va ular qo‘l berib so‘rashishdi.

Tramp Mirziyoyev bilan qo‘l berib so‘rashish jarayonida odatiga xilof ravishda O‘zbekiston Prezidentining qo‘lini siltab o‘ziga tortishga urinmadi. Oq uydagi tantanali nutqdan so‘ng ham prezidentlar qo‘l berib so‘rashishdi, lekin barchasi risoladagidek o‘tdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyo siyosatchilarining Tramp bilan “qo‘l janglari” (video)