Bugun, 24 dekabr kuni, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida amalga oshirilayotgan islohotlar» mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Ikramov avtoraqamlarni oshirilgan narxda sotish amaliyoti haqida axborot berdi va bundan davlat budjetiga tushgan mablag‘ni oshkor etdi.
«Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 avgustdagi «Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida» gi qarori kuchga kirdi. Unga ko‘ra, 2017 yil sentabrdan boshlab avtomobillar uchun davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkasi bo‘yicha birja orqali sotish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Joriy yilning 1 dekabridan bugungi kungacha auksionga qo‘yilgan 91 ming 776 juft davlat raqami belgilaridan 58 ming 610 jufti sotilgan bo‘lib, davlat budjetiga qariyb 300 mlrd so‘m mablag‘ tushgan va uning 20 foizi Ichki ishlar vazirligi hisobiga yo‘naltirildi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz nashri. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi