Foto: Meduza
«KamAZ» kompaniyasi Moskvada «Kama-1» ishchi nomi ostidagi elektromobilini taqdim etdi. Taqdimot 10 dekabr kuni «Vuzpromekspo-2020» ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tgan, deb xabar beradi Meduza.
Elektromobilni yaratish ustidagi ishlar 2018 yilda boshlangan. Uning loyihasi Sankt-Peterburg politexnika universiteti tomonidan tayyorlangan. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, elektromobil hozircha sanoat seriya oldi nusxasi maqomida va u barcha sinov hamda sertikatsiya jarayonlaridan o‘tgan.
Uch eshikli «Kama-1» krossoveri to‘rt kishiga mo‘ljallangan. U bir marta quvvatlanish orqali 250 kilometr yo‘l bosa oladi, soatiga 150 kilometr tezlikda esa bir soat harakatlanadi va 50 daraja sovuqqa ham bardoshli. Mashinaning 100 km/soat tezlikka erishishi uchun 6,7 soniya kifoya. Avtomobil uzunligi 3,4 metrni, eni — 1,7 metrni, balandligi — 1,6 metrni, kliners — 160 millimetrni tashkil etadi. Rossiya avtomobil nashrlari yangi modelni «KamAZ» tomonidan ishlab chiqarilgan «Oka»ga qiyoslamoqda.
Elektromobil 33 kilovatt-soat sig‘imga ega akkumulator va 80 kilovattli elektrodvigatelga ega bo‘lgan. Akkumulatorning to‘liq quvvatlanishi uchun olti soat kerak (70-80 foiz — 20 daqiqada). Shuningdek, «Kama-1» uchinchi darajali ADAS elektron tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, u haydovchiga mashinani boshqarish yoki avtoturargohga joylashtirishga yordam beradi.
Elektromobil narxi 1 million rubl atrofida (13,7 ming dollar). Taqqoslash uchun: eng arzon Tesla elektromobili — Model 3’ning AQSHdagi narxi 37 990 dollarni tashkil etadi. «Kama-1» savdolari 2021 yildan boshlanishi kutilmoqda. Ishlab chiqaruvchi yiliga 20 mingga yaqin shu turdagi modelni sotishni reja qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Musiqa ostida yorug‘lik shou uyushtirishga qodir Xpeng P7 elektromobili (video)

Yaponiyada uchar avtomobilning ilk sinovi o‘tkaziladi

Xitoyliklar noodatiy elektrokrossoverni taqdim etdi

Dunyodagi “eng tezkor” avtomobil yaratildi

Ilon Mask Lon-Anjelesdagi tunnelda Tesla Model S elektromobilini taqdim etdi

Hindistonda jahondagi eng arzon avtomobil yaratildi