17:39 / 15.02.2021
3 890

Britaniyalik erkak 14 fevral kuni o‘z suyuklisiga ismi tushirilgan Bugatti Chiron’ni sovg‘a qildi

Britaniyalik erkak 14 fevral kuni o‘z suyuklisiga ismi tushirilgan Bugatti Chiron’ni sovg‘a qildi
Foto: Bugatti Chiron Sport Alice
Bugatti mijozlaridan biri 14 fevral — avliyo Valentin kunida suyuklisiga bergan hashamatli sovg‘asi — Chiron Sport giperkarining maxsus versiyasi haqida ma’lumot berdi. Alice’ning maxsus versiyasi HP Owen’ning personalizatsiya natijasi hisoblanadi va u oddiy Chiron Sport kupelaridan oq-pushti livreyalari va salonidagi qoplamalari bilan farq qiladi, deb xabar beradi Motor.

Bugatti’ning Britaniyadagi dilerining bosh direktori Alice kim ekanligi to‘g‘risidagi sirni oshkor etmagan, biroq giperkar maxsus buyurtma asosida yagona nusxada yaratilganini tasdiqlagan. Avtomobilsozlik kompaniyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, «mijozlarning ushbu aql bovar qilmas Chiron Sport bilan birlashishida muhim rolni o‘ynash Bugatti uchun ulkan sharaf hisoblanadi».

Foto: Bugatti Chiron Sport Alice
Oq-pushti rangli noyob kuzov va g‘ildirak diskalaridan tashqari giperkar Gris Rafale charmi bilan qoplangan saloni bilan ham ajralib turadi. O‘rindiqlarning bosh qo‘yishga mo‘ljallangan qismida Alice nomi tushirilgan.

Foto: Bugatti Chiron Sport Alice
Kiritilgan o‘zgartirishlar modelning texnik jihatiga taalluqli emas: kapot ostidan 1500 ot kuchiga ega (1600 Nm) to‘rtta turboisitgichli standart W16 o‘rin olgan. Alice loyihasining asosini Sport versiyasi tashkil etgani sabab kupe yengil korpus va boshqacha shassi sozlamasiga ega bo‘lgan.

Foto: Bugatti Chiron Sport Alice
An’anaga ko‘ra, Bugatti noyob loyihalarning narxini e’lon qilmaydi, biroq Chiron Sport Alice uchun buyurtmachi kamida 3 million yevro to‘lagan.

Foto: Bugatti Chiron Sport Alice

Foto: Bugatti Chiron Sport Alice

Foto: Bugatti Chiron Sport Alice

Foto: Bugatti Chiron Sport Alice

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Britaniyalik erkak 14 fevral kuni o‘z suyuklisiga ismi tushirilgan Bugatti Chiron’ni sovg‘a qildi