23 dekabr, juma kuni Rossiyaning Birinchi kanalida «Golos» loyihasi beshinchi mavsumining yarim final bosqichi bo‘lib o‘tdi va finalchilar aniqlandi.
Ushbu loyihada Polina Gagarina jamoasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Sardor Milano Sara Braytmanning Il Mio Cuore Va qo‘shig‘ini ijro etdi.
Bu qo‘shiq Selin Dionning My Heart Will Go On taronasining italyancha varianti hisoblanadi. Selin Dion ijrosidagi qo‘shiqning originali Jeyms Kemeronning «Titanik» filmining asosiy saundtreki hisoblanadi. Bu qo‘shiq «Oskar», «Oltin globus» va to‘rtta «Gremmi» bilan taqdirlangan.
Sardorning raqibi Mixail Jitov «Babushka» qo‘shig‘ini ijro etdi.
Polina Gagarina o‘z ovozining 60 foizini Sardorga, 40 foizini Mixailga berishga qaror qildi. Maxsus raqamga SMS yuborgan va qo‘ng‘iroq qilgan teletomashabinlarning ham yarmidan ortig‘i o‘zbekistonlik xonandaga ovoz berdi va Sardor «Golos»ning finaliga chiqdi.
«Golos» finali 30 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Sardor Milanoga Dima Bilan jamoasidan qirg‘izistonlik Qayrat Primberdiev, Leonid Agutin jamoasidan Darya Antonyuk va Grigoriy Leps jamoasidan Aleksandr Panayotov raqiblik qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi