
O‘zbekistonda har yili o‘tkaziladigan "Biz — donormiz" aksiyasi boshlandi. Kampaniyaning birinchi kunida ishtirokchilar tomonidan 88,5 litr qon topshirildi.
Bu haqda "Yuksalish" umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov ma’lum qildi. Aksiya 2024 yildan buyon tashkil etilib, milliy qon zaxiralarini to‘ldirishga qaratilgan.
Tashabbus davomida shu kungacha ming litrdan ortiq qon yig‘ilgan. Joriy yilda aksiya 28-oktabrdan 3-noyabrgacha mamlakatning barcha hududlarida bo‘lib o‘tadi.
Tashkilotchilar aholini birdamlikka chaqirib, yordamlarga muhtoj insonlarga ko‘mak berish uchun o‘z hissasini qo‘shishga undamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar