date

Dunyoning eng yaxshi milliy oshxonalar reytingi e’lon qilindi

Dunyoning eng yaxshi milliy oshxonalar reytingi e’lon qilindi

Dunyo bo‘ylab eng yaxshi milliy oshxonalar ro‘yxati yangilandi. Qariyb 19 mingta an’anaviy taom tahlil qilinib, eng mazali deb topilgan 100 ta milliy oshxona reytingi tuzildi. Bu haqda mashhur gastronomik platforma — TasteAtlas ma’lum qildi.

Platforma izohiga ko‘ra, reyting dunyo miqyosida taqdim etilgan deyarli 19 mingta milliy taom bo‘yicha berilgan 590 228 ta tasdiqlangan bahoga tayanilgan holda shakllantirilgan. Har bir mamlakatning yakuniy o‘rni foydalanuvchilar tomonidan qo‘yilgan o‘rtacha ball asosida aniqlangan. Shu bilan birga, hisob-kitob jarayonida faqat real foydalanuvchilarning baholari inobatga olingani, botlar yoki sun’iy “vatanparvarona oshirishlar”ni cheklash uchun maxsus mexanizmlar qo‘llangani ta’kidlangan.

TasteAtlas talqiniga ko‘ra, dunyodagi eng mazali 10 ta mamlakat milliy oshxonasi quyidagicha joy olgan:

1.Italiya — 4,64

2.Gretsiya — 4,60

3.Peru — 4,54

4.Portugaliya — 4,53

5.Ispaniya — 4,53

6.Yaponiya — 4,49

7.Turkiya — 4,49

8.Xitoy — 4,48

9.Fransiya — 4,48

10.Indoneziya — 4,48

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida reytingga faqat Qozog‘iston kiritilgan. Ushbu davlat 100 ta mamlakat orasida 98-o‘rinni egallab, o‘rtacha 3,9 ballga sazovor bo‘lgan. Umumiy ro‘yxatda past o‘rin qayd etilganiga qaramay, milliy oshxonaning ayrim taomlari foydalanuvchilar tomonidan yuqori baholanib, alohida tavsiya etilgan.

Xususan, platforma tatib ko‘rishni maslahat bergan taomlar orasida butun Markaziy Osiyoda mashhur bo‘lgan go‘shtli an’anaviy pishiriq — somsa ham bor. U 4,0 ball bilan baholanib, “xushbo‘y hidli, qarsildoq xamirli va mintaqaning klassik taomi” sifatida ta’riflangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoning eng yaxshi milliy oshxonalar reytingi e’lon qilindi