date

Rossiya nefti eksporti ikki yillik rekordni yangiladi

Rossiya nefti eksporti ikki yillik rekordni yangiladi

Rossiya nefti eksporti so‘nggi ikki yil ichida eng yuqori ko‘rsatkichga chiqdi. Bloomberg agentligi ma’lumotiga ko‘ra, tankerlardan neft tushirish jarayonidagi kechikishlar tufayli yetkazib berilayotgan xomashyo zaxiralari to‘g‘ridan to‘g‘ri kemalarning o‘zida jamlanib qolmoqda.

Xususan, 21 dekabr holatiga ko‘ra, so‘nggi to‘rt haftada Rossiyadan kunlik o‘rtacha neft eksporti hajmi 3,87 million barrelni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2023 yil may oyidan buyon qayd etilgan eng yuqori daraja hisoblanadi.

Shu bilan birga, yo‘lda bo‘lgan tankerlar bortidagi neft hajmi avgust oyi oxiridan beri keskin oshgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 48 foizga o‘sib, 185 million barrelga yetgan.

Agentlikning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya nefti ortilgan kamida 20 dan ortiq tanker hozirda Xitoy va Hindiston portlariga kirish uchun ruxsat kutib turibdi. Bu holat jahon neft logistikasidagi tirbandlik yanada kuchayganini ko‘rsatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya nefti eksporti ikki yillik rekordni yangiladi