date

O'zbekistonda tuman va kuchli shamol kutilmoqda

O'zbekistonda tuman va kuchli shamol kutilmoqda
30-oktyabr, payshanba kuni O'zbekiston hududlarida tuman tushishi va shamolning tezligi 18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Bu 12 balli Bofort shkalasi bo'yicha 8 ballga teng, deb xabar berdi O'zgidromet.

Mamlakat bo'ylab havo harorati +20…+25° daraja atrofida bo'ladi. Qoraqalpog'istonda yog'ingarchilik ehtimoli bor.

Toshkentda havo harorati +23…+25° darajagacha ko'tariladi, shamolning tezligi esa 8 m/s gacha bo'lishi mumkin. Tog'li hududlarda havo ochiq bo'lib, harorat +13…+18° daraja atrofida bo'lishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O'zbekistonda tuman va kuchli shamol kutilmoqda