date

AQShda tarixiy ko‘prik portlatildi

AQShda tarixiy ko‘prik portlatildi
AQShning Missisipi daryosi ustidagi 94 yillik Blek Hok ko‘prigi ataylab portlatilib buzildi. Ko‘prik 1931-yilda qurilgan bo‘lib, Ayova shtatidagi Lansing shahrini Viskonsin shtati bilan bog‘lab kelgan. Inshoot markaziy yoysimon qismi va ikkita metall tayanchli minorasi bilan ajralib turgan.

Blek Hok ko‘prigi o‘zining markaziy arka va baland metall tayanchlari bilan mashhur bo‘lgan. Biroq torligi sabab ko‘prikda tez-tez yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lgan, shuningdek, daryo relyefi va tayanchlar joylashuvi tufayli ba’zan yuk kemalari ham unga urilib ketgan.

Eski ko‘prik o‘rniga yangi ko‘prik qurilishi 2023-yilda boshlangan va uni 2027-yil bahoriga qadar yakunlash rejalashtirilgan. Qurilish jarayonida xavfsizlik sabab Blek Hok ko‘prigi ikki marta transport harakati uchun yopilgan.

Yangi ko‘prik ishga tushirilguniga qadar aholini daryodan o‘tkazish uchun suv orqali o‘tish xizmati tashkil etiladi. Bu ishlar transport xavfsizligi va hudud aholisining qulayligini ta’minlashga qaratilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQShda tarixiy ko‘prik portlatildi