date

ExxonMobil Yevropani tark etishi mumkin

ExxonMobil Yevropani tark etishi mumkin
ExxonMobil kompaniyasi bosh direktori Darren Vuds Reuters agentligiga bergan ma'lumotga ko'ra, uning kompaniyasi Yevropa Ittifoqidagi faoliyatini to'xtatishi mumkin. Sababi, Bryussel barqaror rivojlanish to'g'risidagi qonunni qayta ko'rib chiqmasa, bu chora qo'llanishi ehtimoldan xoli emas.

Mazkur qonunga ko'ra, agar kompaniyalar barqaror rivojlanish ko'rsatkichlariga javob bermasa, ularning global aylanmasining 5 foizi miqdorida jarima solinadi. Darren Vudsning qayd etishicha, ExxonMobil ushbu direktivaga qat'iy qarshi chiqib, agar qonun ayni shaklda qabul qilinsa, uning "halokatli oqibatlari" bo'lishi mumkinligini ogohlantirgan.

Hozircha hujjatni qayta ko'rib chiqish bo'yicha olib borilgan muzokaralar sezilarli natija bermagan. Reuters xabariga ko'ra, Bryussel yil oxiriga qadar hujjatga o'zgartirishlar kiritish masalasini ko'rib chiqishni rejalashtirgan.

Bu qonun Qatar tomonidan ham salbiy qabul qilingan. Yevropaga suyuq gaz yetkazib beruvchi Doha mazkur hujjatni bekor qilish yoki yumshatishni talab qilmoqda.

"Biz chiqindilarni nol darajaga tushira olmaymiz, bu esa boshqa talablardan tashqari muhim shartlardan biridir", – deydi QatarEnergy bosh direktori Saad al-Kaabiy.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » ExxonMobil Yevropani tark etishi mumkin