
Butun dunyo bo'ylab jurnalistlar o'ldirilishi bilan bog'liq 10 ta holatdan 9 tasi hali ham ochilmay qolmoqda. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ma'lum qildi.
YUNESKO ma'lumotlariga ko'ra, 2023 yil avgustidan 2025 yil mayiga qadar sodir etilgan hujumlar natijasida 163 nafar jurnalist halok bo'lgan. Ulardan 109 nafari qurolli mojarolar hududlarida faoliyat yuritgan.
Eng ko'p o'lim holatlari G'azo, Sudan va Ukrainada qayd etilgan. “Erkin va mustaqil jurnalistika – bu jamiyat uchun eng muhim qadriyatlardan biridir.
Jurnalistlar butun dunyoda o'z faoliyatlarini erkin, xolis va hech qanday qo'rquvsiz amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'lishlari kerak”, dedi BMT bosh kotibi. Antoniu Guterrish matbuot vakillarining o'ldirilishini keskin qoraladi va xorijiy jurnalistlarning G'azoga kirishiga cheklovlar qo'yilishini nomaqbul deb atadi.
YUNESKO ma'lumotlariga ko'ra, O'rta Sharq va Shimoliy Afrika davlatlarida jurnalistlarga qarshi jinoyatlar bo'yicha jazolardan qochish darajasi eng yuqori bo'lib qolmoqda. Bu holatning asosiy sabablaridan biri sifatida sud tizimlarining zaifligi, korrupsiya va hukumatlarning siyosiy iroda namoyish qilmasligi keltirilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar