date

30 yoshdan oshgan eng qimmat futbolchilar reytinggi (top-10)

30 yoshdan oshgan eng qimmat futbolchilar reytinggi (top-10)

Nufuzli Transfermarkt portali 30 yoshdan oshgan jahon futboli yulduzlari orasidagi eng qimmat 10 nafar futbolchining yangilangan reytingini e’lon qildi. Ro‘yxat tajriba, barqarorlik va yuqori saviya hali ham katta baholanishini yaqqol isbotlab berdi.

Reytingning birinchi pog‘onasidan 32 yoshli Harri Keyn joy oldi. “Bavariya” hujumchisi 65 million yevroga baholanib, 30 yoshdan oshgan futbolchilar orasida mutlaq yetakchi bo‘lib turibdi. Keynning gollar, tajriba va yetakchilik xususiyatlari uning transfer qiymatini hali ham yuqori darajada ushlab turibdi.

Kuchli uchlikdan, shuningdek, Keynning jamoadoshi, Germaniya terma jamoasi yetakchilaridan biri Yozua Kimmix ham o‘rin oldi. 30 yoshli yarim himoyachi 40 million yevro bilan ikkinchi pog‘onani “Manchester Yunayted” sardori Bruno Fernandesh bilan bo‘lishdi. Portugaliyalik futbolchi ham aynan shu summaga baholangan.

Reytingning davomida ham mashhur nomlar joy olgan. “Arsenal” darvozaboni David Raya (35 million yevro), “PSJ” sardori Markinios va “Liverpul” yulduzi Muhammad Saloh 30 million yevro bilan beshinchi o‘rinni bo‘lishgan.

Shuningdek, “Napoli” yarim himoyachisi Andre Zambo Angissa, “Manchester Siti” yulduzi Bernardu Silva, “Tottenhem” futbolchisi Joau Palinya va “Everton” a’zosi Jek Grilish ham kuchli o‘nlikdan joy oldi.

E’tiborli jihati shundaki, futbol tarixining ikki afsonasi — Krishtianu Ronaldu (12 million yevro) va Lionel Messi (15 million yevro) ushbu reytingga kirmadi. Bu esa Transfermarkt baholarida yosh, faollik va klub darajasi hal qiluvchi omil bo‘lib qolishini yana bir bor ko‘rsatdi.

Xullas, 30 yoshdan keyin ham katta futbolda qimmat va talabgir bo‘lish mumkin. Harri Keyn va unga hamroh yulduzlar bunga yorqin misol.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » 30 yoshdan oshgan eng qimmat futbolchilar reytinggi (top-10)