date

Tramp Markaziy Osiyoni boy mintaqa deb atadi


AQSh prezidenti Donald Tramp «C5+1» sammitida Markaziy Osiyoni «nihoyatda boy mintaqa» deb atadi. U Vashingtonning strategik ahamiyatga ega bo‘lgan minerallarga qiziqishi borligini qo‘shimcha qildi.

Reuters agentligining xabariga ko‘ra, Tramp so‘nggi haftalarda AQSh iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlash uchun butun dunyo bo‘ylab ittifoqchilar va do‘stlar bilan muhim minerallar zanjirini kengaytirishga qaratilgan kelishuvlar imzolanganini ta’kidladi. Reuters shuningdek, Markaziy Osiyoning mineral boyliklari uchun raqobat kuchayib borayotgani va G‘arbning xomashyo yetkazib berish yo‘llarini diversifikatsiya qilishga intilayotganini qayd etdi.

AQSh muhim minerallar, energiya resurslari va savdo yo‘llarini raqiblarni chetlab o‘tadigan yo‘nalishlarda ta’minlash uchun yangi hamkorlarni izlamoqda. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQSh biznes vakillari bilan uchrashuvi davomida hujjatlar paketi imzolandi, jumladan, Denali Exploration Group va Re Element Technologies kompaniyalari bilan noyob yer elementlari bo‘yicha kelishuvlar erishildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Markaziy Osiyoni boy mintaqa deb atadi