Mareska Palmerni Rodjersga almashtirmasligini aytdi

Qisqacha
“Chelsi” bosh murabbiyi Entso Mareska Koul Palmerni “Aston Villa” yarim himoyachisi Morgan Rodjersga almashtirmasligini aytdi. Mareska Palmerni yaxshi ko‘rishini va u “Chelsi” futbolchisi ekanini ta'kidladi. Morgan Rodjers 2024 yilda “Midlsbro”dan “Aston Villa”ga 9 million yevro evaziga o‘tgan va joriy mavsumda barcha musobaqalarda 24 ta o‘yinda 7 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
“Chelsi” bosh murabbiyi Entso Mareska “ko‘klar” yarim himoyachisi Koul Palmerni “Aston Villa” futbolchisi Morgan Rodjersga ehtimoliy almashtirish haqidagi savolga javob berdi. “Yo‘q, men Koulni almashtirmagan bo‘lardim.
Men Palmerni yaxshi ko‘raman, Ko‘ul esa mening futbolchim”, dedi Mareska matbuot anjumanida. Morgan Rodjers 2024 yilda “Midlsbro”dan “Aston Villa”ga 9 million yevro evaziga o‘tgan.
Uning “sherlar” bilan shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda hujumkor yarim himoyachi barcha musobaqalarda 24 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.
Eslatib o‘tamiz, Koul Palmer 2023 yildan beri “Chelsi” sharafini himoya qilib kelmoqda va klub yetakchilaridan biri hisoblanadi. Joriy mavsumning katta qismini yarim himoyachi jarohatlar sabab o‘tkazib yubordi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Men Palmerni yaxshi ko‘raman, Ko‘ul esa mening futbolchim”, dedi Mareska matbuot anjumanida. Morgan Rodjers 2024 yilda “Midlsbro”dan “Aston Villa”ga 9 million yevro evaziga o‘tgan.
Uning “sherlar” bilan shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda hujumkor yarim himoyachi barcha musobaqalarda 24 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.
Eslatib o‘tamiz, Koul Palmer 2023 yildan beri “Chelsi” sharafini himoya qilib kelmoqda va klub yetakchilaridan biri hisoblanadi. Joriy mavsumning katta qismini yarim himoyachi jarohatlar sabab o‘tkazib yubordi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…