Viyeri Fyullkrug Milanda kuchli bosimga duch kelishini aytdi

Qisqacha
Sobiq hujumchi Kristian Viyeri "Milan" klubiga o'tayotgan Niklas Fyullkrug jamoatchilikning kuchli bosimi ostida o'ynashiga to'g'ri kelishini aytdi. Uning ta'kidlashicha, bunday bosim "Milan" darajasidagi klub uchun odatiy hol. "Milan" hujumchi yo'qligi muammosiga qaramay, A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va navbatdagi turda "Verona"ga qarshi maydonga tushadi.
Italiyaning "Milan" klubida to'p surgan sobiq hujumchi Kristian Viyeri klubga o'tayotgan Niklas Fyullkrugni ogohlantirdi: u jamoatchilik tomonidan kuchli bosim ostida o'ynashiga to'g'ri keladi. Viyerining ta'kidlashicha, bu "Milan" darajasidagi klub uchun odatiy hol.
"Milan" hujumchi yo'qligi muammosiga qaramay, baribir yetakchilar safida. Endi ular yangi futbolchini topishdi, ammo u qanday bosim ostida harakat qilishiga hatto tasavvur qilishdan ham cho'chiyapman", — deya Viyerining so'zlarini pianetamilan.it keltirdi.
Eslatib o'tamiz, "Milan" A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Navbatdagi turda jamoa musobaqa autsayderi — "Verona"ga qarshi maydonga tushadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!"Milan" hujumchi yo'qligi muammosiga qaramay, baribir yetakchilar safida. Endi ular yangi futbolchini topishdi, ammo u qanday bosim ostida harakat qilishiga hatto tasavvur qilishdan ham cho'chiyapman", — deya Viyerining so'zlarini pianetamilan.it keltirdi.
Eslatib o'tamiz, "Milan" A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Navbatdagi turda jamoa musobaqa autsayderi — "Verona"ga qarshi maydonga tushadi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…