date

Peres Vinisius bo‘yicha qaror qabul qildi va shartnoma uzaytirmoqchi


“Real” prezidenti Florentino Peres yulduz hujumchi Vinisius Junior bo‘yicha qaror qabul qildi. Peres braziliyalik futbolchining klubni tark etishini istamayapti va “qaymoqranglilar” u bilan imkon qadar tezroq yangi mehnat shartnomasini imzolashni rejalashtirmoqda.

Bu haqda jurnalist Roberto Gomes Radio Marca’dagi La Tribu dasturida ma’lum qildi. Vinisius Juniorning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Agar kelishuv uzaytirilmasa, madridliklar kelasi yilda braziliyalik futbolchini sotishi mumkin. Avvalroq bu haqda matbuotda xabarlar chiqqan.

“Real” Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Peres Vinisius bo‘yicha qaror qabul qildi va shartnoma uzaytirmoqchi