date

Zelenskiy: Yangi yilgacha urush taqdiri hal bo‘lishi mumkin

Zelenskiy: Yangi yilgacha urush taqdiri hal bo‘lishi mumkin
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy yaqin kunlarda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, Rossiya bilan urushni tugatish bo‘yicha muhim masalalar Yangi yilga qadar hal etilishi mumkin.

Zelenskiy nozik masalalar, jumladan hudud bilan bog‘liq ehtimoliy kelishuvlar faqat davlat rahbarlari darajasida muhokama qilinishi kerakligini ta’kidladi. Shu sababli Ukraina tomoni AQSh prezidenti bilan yuzma-yuz uchrashuvga alohida ahamiyat bermoqda.

Ukraina rahbari payshanba kuni AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va Donald Trampning kuyovi Jared Kushner bilan muzokaralar o‘tkazganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, urushni yakunlash va Ukrainani tiklashga qaratilgan hujjatlarning bir qismi deyarli tayyor, ayrimlari esa to‘liq ishlab chiqilgan.

Avvalroq Zelenskiy 20 banddan iborat tinchlik rejasini taqdim etgan edi. Ushbu rejada Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari berilishi ko‘zda tutilgan, biroq hudud masalasida murosa mavjud emas. Shuningdek, bosib olingan Zaporijiya atom elektr stansiyasi ustidan nazorat masalasi ham muhokamada qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy: Yangi yilgacha urush taqdiri hal bo‘lishi mumkin