
Dunyodagi eng mashhur milliy oshxonalar ro‘yxati e’lon qilindi. Xalqaro gastronomik platforma tomonidan qariyb 19 mingta an’anaviy taom tahlil qilinib, eng yaxshi 100 ta mamlakat oshxonasi saralab olindi.
Reyting dunyo bo‘ylab minglab real foydalanuvchilar qoldirgan yuz minglab baholar asosida shakllantirilgan. Tashkilot ma’lum qilishicha, natijalarni aniqlashda botlar yoki sun’iy oshirishlar hisobga olinmagan — faqat haqiqiy ovozlar inobatga olingan.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Italiya dunyodagi eng mazali milliy oshxona sifatida birinchi o‘rinni egalladi. Undan keyin Gretsiya va Peru joy olgan. Shuningdek, Portugaliya, Ispaniya, Yaponiya, Turkiya, Xitoy, Fransiya va Indoneziya ham kuchli o‘nlikdan o‘rin egalladi.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida faqat Qozog‘iston reytingga kirib, 98-o‘rinni egalladi. Umumiy natija yuqori bo‘lmasa-da, milliy taomlarning ayrimlari foydalanuvchilar tomonidan iliq kutib olingan.
Jumladan, butun mintaqaga xos bo‘lgan somsa alohida e’tirof etildi. Go‘shtli, qarsildoq va xushbo‘y bu taom “mintaqaning klassik va sevimli taomlaridan biri” sifatida tavsiflangan. Demak, dunyo oshxonalari baholanar ekan, somsa ham chetda qolmadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.