date

NASA namoyish etgan manzara ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv bo‘ldi

NASA namoyish etgan manzara ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv bo‘ldi

NASA olimlari NGC 2264 deb nomlangan noyob kosmik obyektning yangi tasvirini namoyish etdi. Ushbu yosh yulduzlar to‘plami Yerdan taxminan 2 500 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan bo‘lib, tashqi ko‘rinishi bilan bayramona Yangi yil archasini eslatadi.

Mutaxassislarning tushuntirishicha, suratda ko‘rinib turgan yashil rangli nurlanish gaz va chang bulutlarining fazoga tarqalishi natijasida yuzaga kelgan. Aynan shu jarayon tasvirga archa shakliga o‘xshash ko‘rinish bergan. Yorqin nuqtalar esa yangi paydo bo‘layotgan va endigina shakllanayotgan yulduzlar hisoblanadi.

Olimlar bu kabi kuzatuvlar yulduzlar qanday tug‘ilishi, gaz bulutlari qanday tarqalishi va koinotdagi jarayonlar qanday kechishini chuqurroq o‘rganishga yordam berishini ta’kidlamoqda. NASA tomonidan taqdim etilgan ushbu surat nafaqat ilmiy, balki estetik jihatdan ham katta qiziqish uyg‘otdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » NASA namoyish etgan manzara ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv bo‘ldi