Flick La Ligada dekabrning eng yaxshi murabbiyi sovriniga da'vogar bo'ldi

Ispaniya La Ligasi dekabr yakunlariga ko'ra eng yaxshi murabbiy sovriniga da'vogar mutaxassislar nomini e'lon qildi. Nomzodlar ro'yxatiga «Barselona» murabbiyi Hans-Diter Flick, «Selta»dan Klaudio Hiraldes va «Espanol»dan Manolo Gonsales kiritildi.
«Barselona» dekabr oyida La Ligada to'rtta o'yin o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozondi. «Selta» oy davomida uch uchrashuvda 9 ochkodan 7 ochko jamg'ardi.
«Espanol» esa uch o'yinda maksimal natija qayd etdi. Qayd etilishicha, «Barselona» Ispaniya chempionatida 46 ochko bilan peshqadam.
«Espanol» 33 ochko bilan beshinchi o'rinda, «Selta» esa 23 ochko bilan yettinchi pog'onada bormoqda. Keyingi tur 2026 yil boshida o'tkaziladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing