date

Qaynonasini o‘ldirib, jasadni daryoga tashlagan kuyov qo‘lga olindiм

Qaynonasini o‘ldirib, jasadni daryoga tashlagan kuyov qo‘lga olindiм

Janubiy Koreyaning Degu shahrida shov-shuvli va dahshatli jinoyat sodir bo‘ldi — kuyov qaynonasini o‘ldirib, xotini bilan birga jasadni chamadonga solib daryoga tashladi. Bu haqda RЕN TV xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 50 yoshli ayol qizi va kuyovi bilan yashash maqsadida ularning uyiga ko‘chib kelgan. 20 yoshli kuyov esa qaynonasini yoqtirmay, bir necha oy davomida uni muntazam ravishda kaltaklab kelgan.

So‘nggi voqeada, ayolning shovqinli va tartibsiz xulqini bahona qilib, kuyov uni ikki soatdan ziyod urib, tepib qiynagan va natijada ayol ko‘plab jarohatlar olgan holda vafot etgan.

Buning ortidan erkak jasadni chamadonga joylab, ko‘cha bo‘ylab sudrab borgan va daryoga uloqtirgan. Jinoyat vaqtida uning xotini ham yonida bo‘lgan.

Jasad topilgandan so‘ng, politsiya tergovni boshlagan va er-xotin qo‘lga olingan. Erkak o‘z jinoyatini tan olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qaynonasini o‘ldirib, jasadni daryoga tashlagan kuyov qo‘lga olindiм