Qirg‘izistonda davlat xizmatchilariga kostyumsiz ishlash tavsiya qilinmoqda

Qirg‘izistonda davlat xizmatchilariga yoz mavsumida ishga kostyum va galstuksiz kelish tavsiya qilindi. Mazkur tashabbus energiya sarfini kamaytirish maqsadida ilgari surilgani aytilmoqda.
Vazirlar Mahkamasi raisi Odilbek Qosimaliyevning ta’kidlashicha, yengil kiyimda ishlash konditsionerlardan kamroq foydalanishga yordam beradi. Shu orqali elektr energiyasini sezilarli darajada tejash mumkinligi qayd etildi.
Qosimaliyev bu borada Yaponiya tajribasini misol qilib keltirdi. Uning aytishicha, shunga o‘xshash yondashuv orqali Yaponiyada milliardlab iyena iqtisod qilingan.
Tashabbus ijtimoiy tarmoqlarda turlicha muhokama qilinmoqda. Ayrim foydalanuvchilar buni amaliy va foydali qaror deb baholayotgan bo‘lsa, boshqalar davlat idoralarida rasmiy kiyinish uslubi saqlanib qolishi kerakligini ta’kidlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!